O‘zbekistonda bir kunda ikki kishi koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 29 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82 682 (+146) nafarni tashkil etmoqda. Shu kuni O‘zbekistonda ushbu kasallikka chalingan ikki nafar bemor vafot etdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 19 nafari Toshkent viloyatida;
  • 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 628 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar;
  • Buxoro viloyatida 6 nafar;
  • Jizzax viloyatida 2 nafar;
  • Toshkent viloyatida 22 nafar;
  • Toshkent shahrida 101 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80799 (+132) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1255 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing