O‘zbekistonda besh oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 85 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yilning yanvar-may oyida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha hisobotida aytilgan.

Joriy yilning besh oyida 85794 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bularning:

•  25059 donasi Cobalt;
•  11130 donasi NexiaT-250;
•  16848 donasi Lacetti-Gentra; 
•  22799 donasi Damas;
•  4942 donasi Spark;
•  5016 donasi Labo.

Shuningdek, yanvar-may oyida 323 dona avtobus (o‘tgan yilgiga nisbatan 27,9 foizga kam), 173 dona traktor (o‘tgan yilgiga nisbatan 72,2 foizga kam), 283 dona kultivator va yer yumshatkich ishlab chiqarilgan.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing