O‘zbekistonda benzin importi keskin ko‘paygan

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar: 

•  Rossiya – 142,3 mln litr 
•  Turkmaniston – 136 mln litr
•  Qozog‘iston – 16 mln litr 
•  Iroq – 3,6 mln litr 
•  Eron – 1,8 mln litr

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilning 10 oyida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing