O‘zbekistonda barcha poyezdlarning tezligiga cheklov o‘rnatildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda “O‘ztemiryuo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda  anomal issiq ob-havo kuzatilayotgani sababli harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar qo‘yilmoqda. 

Shu tufayli yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa jo‘nash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida o‘zgarish bo‘lyapti.

“Har bir yo‘lovchini manziliga xavfsiz yetkazib olib borilishini ta’minlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olib, “O‘ztemiryuo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yo‘lovchilardan bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1028

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing