600 dan ortiq Toshkentda ishlayotgan o‘qituvchi TDPUning sirtqi bo‘limida o‘qiydi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi”ni joriy etish to‘g‘risidagi qarori loyihasiga ko‘ra  Toshkent shahridagi maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilar Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limida o‘qitiladi.

Qarorga ko‘ra,

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 600 dan ortiq o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar, istisno tariqasida, Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limida, maqsadli qabul kvotalari ajratilgan holda, ishdan ajralmagan tarzda o‘qitilishini tashkillashtiradi.
   
• O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich yoshlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “IT-Nation” loyihasini amalga oshiradi.

• O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquq sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan har hafta “Davlat va huquq asoslari” fanidan “ochiq dars”lar, maktablarda o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda pedagogik jamoalar uchun huquqiy mavzularda suhbatlar, o‘quvchilarda korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta olish kompetensiyalarini shakllantirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahrida o'qituvchilar sirtqi bo'limda o'qitiladi

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar