O‘zbekistonda ayrim yoshlar “prava”ga bepul o‘qitiladi
Jamiyat
−
11 mart 2021
52198O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi rahbarlarining respublikamiz yoshlariga qo‘shma murojaatnomasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi ”Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi online” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirda Yoshlar ishlari agentligi va “Vatanparvar” tashkilotlari o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan muhtoj oilalar farzandlarini “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida “VS” toifali haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha bepul o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi.
LiveBarchasi