O‘zbekistonda ayrim talabalarning stipendiyasi 50 foizga oshiriladi

Jamiyat

image

Joriy yil 1 sentyabrdan boshlab, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

Shuningdek qarororga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladi:

•  yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi;

•  yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;

•  vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan bir yilda kamida bir marotaba barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida 
taqdimotlar o‘tkazadi. Bunda, mazkur taqdimotlar o‘tkazish metodikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi;

•  o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing