O‘zbekistonda ayollar eng ko‘p xarid qiladigan avtomobillar qaysi?

Texnologiya

image

Bugungi kunda O‘zbekiston yo‘llarida avtomobil boshqarib ketayotgan ko‘plab ayollarni uchratish mumkin. “UzAuto Motors” O‘zbekistonda ayollar eng ko‘p qanday avtomobil sotib olishi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etdi. 

2020 yildan 2021 yilning shu vaqtiga qadar ayollar tomonidan jami 45 562 dona avtomobil sotib olingan bo‘lib, umumiy 14 foizni tashkil etadi. Ushbu statistika yuqoridagi vaqt oralig‘ida imzolangan shartnomalar asosida shakllantirilgan.

Ayollar tomonidan sotib olingan avtomobillar TOP-3 ligining birinchi pog‘onasini Chevrolet Cobalt egallab turibdi. Ayollar tomonidan ushbu avtomobilning 11 036 donasi sotib olingan. Bu xarid qilingan Cobalt avtomobillari umumiy sonining – 11 foizini tashkil etadi. 

Keyingi o‘rinni Chevrolet Nexia-3 egalladi. Mashina 9 889 dona sotuv bilan 16 foiz ko‘rsatkich qayd etgan. Chevrolet Lacetti — 13 foiz, 8309 dona avtomobil sotuvi bilan reytingda uchinchi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

846

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing