O‘zbekistonda avtomobilsiz kun belgilandi
Jamiyat
−
02 dekabr 2020
380632021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, maktablar kamida bitta sport turiga ixtisoslashtiriladi va ularda har oyda kamida bitta sport turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkaziladi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
• ekstremal sport va sport turizmi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;
• “Sport tadbirlarini sharhlovchi”, “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.
2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va o‘rinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi;
2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etiladi. Mazkur yo‘laklarda avtomobil qo‘yishni taqiqlovchi belgilar va yo‘laklarning boshlanish qismiga maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi.
LiveBarchasi