O‘zbekistonda avtomobil importi uchun boj 2 baravar pasaytiriladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shunday topshiriq berdi.

Yig‘ilishda oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi ta’kidlandi.

Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha nazorat o‘rnatish topshirildi.

“Shu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish bo‘yicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda”, degan Prezident Shavkat Mirziyoyev. 

Soha rahbarlariga 2022 yilda:

•    tannarxni kamida 5 foizga kamaytirish, 100 million dollarlik import o‘rnini bosish;

•    23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni o‘zlashtirib, mahalliylashtirishni 48 foizdan 56 foizga oshirish;

•    336 million dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirib, 3 ta loyihani (“Tracker”, “Onix” va yangi dvigatellar ishlab chiqarish) ishga tushirish lozimligi ko‘rsatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1765

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing