O‘zbekistonda avtomobil eksporti qariyb 85 mln dollarga oshdi

Texnologiya

image

O‘zbekistonda yengil avtomobil eksporti qariyb 85 million AQSH dollariga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi

Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 million AQSH dollariga teng yengil avtomobil eksport qilingan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 million AQSH dollariga  oshgan. 

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston — 127,1 mln;
  • Afg‘oniston — 2,7 mln;
  • Ukraina — 2,3 mln;
  • Qirg‘iz R. — 1,0 mln;
  • Rossiya — 955,9 ming;
  • Ozarbayjon — 444,7 ming; 
  • Tojikiston — 339,1 ming AQSH dollari.

Joriy yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 million AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing