O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
26 noyabr 2021
265052022 yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun ikkita energoblokdan iborat majmua qurilishi boshlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirishda “Rosatom” ishtirok etadi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda.
Yevrosiyo taraqqiyot bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlar orasida o‘zining energetika sohasi uchun eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatdir.
Ko‘p tomonlama taraqqiyot banklari (KTB) O‘zbekiston energetika sohasiga 4,7 milliard dollar sarmoya kiritgan, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotiga ko‘ra, mintaqaning suv-energetika kompleksiga (SES) KTB investitsiyalarining 46,3 foizi respublika hissasiga to‘g‘ri keladi.
Atom loyihasi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida AES qurish niyatlari bo‘yicha muzokaralar 2018 yil aprelida ma’lum bo‘lgan edi. O‘sha yilning sentyabr oyida tomonlar kelishuvga erishdilar – “Rosatom” har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikkita blokni qurish majburiyatini oldi.
AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida, Qozog‘iston bilan chegaradan unchalik uzoq bo‘lmagan joy tanlandi. Qurilish Rossiya tomonidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston atom elektr stansiyasini ishga tushirish hisobidan energiya taqchilligini qoplash, shuningdek, 3,7 milliard kub metrga yaqin gazni tejashni rejalashtirmoqda. Buning uchun yoqilg‘i, katta ehtimol bilan, mahalliy manbalar hisobidan ta’minlanadi – O‘zbekiston uran qazib oluvchi yetakchi beshtalikka kiradi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov 2020 yilda atom energetikasining ekologik tozaligi, shuningdek, tanlangan turdagi VVER-1200 reaktorlarining xavfsizligini ta’kidlagan. Ekologiya va energetika sohasidagi boshqa mutaxassislar ham AESlarning O‘zbekiston uchun ahamiyati va foydasi haqida gapirib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘z navbatida Qozog‘iston aholisining vakillari O‘zbekistondagi bo‘lajak atom elektr stansiyasidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilib, mitingga chiqqandi.
LiveBarchasi