O‘zbekistonda “Allergik pasport” joriy etiladi
Jamiyat
−
23 fevral 2020
7523O‘zbekistonda "Allergik pasport" joriy etilishi kutilmoqda. Mazkur masala Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev va Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tibbiy ta’limga innovatsiyalarni joriy qilish haqida fikr almashildi. Shuningdek, Davlat dasturlariga oid ilmiy loyihalar bazasini shakllantirish hamda grant loyihalari sifatini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish, xalqaro ilmiy bazalar (Springer, Clinical Key) platformalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida qilinishi kerak ishlar belgilab olindi.
Mutasaddilar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan “Allergik pasport” joriy qilish va berish tartibini muhokama qildi.
Shu bilan birga aholi salomatligini birlamchi profilaktika qilish bo‘yicha maqsadli choralarni hamkorlikda ishlab chiqish, order berish tizimi va kasallik tarixidan ko‘chirmalar berish tizimini to‘liq raqamlashtirish, majburiy tibbiy sug‘urta tizimini respublikada keng joriy qilish bo‘yicha ham fikrlar almashildi.
LiveBarchasi