O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxi tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi biroz pasaydi. Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan haftada birja savdolariga 26 991 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va ulardan 11 504,8 tonnasi, ya’ni 42,6 foizi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 30 xaridor ishtirok etgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6251 ming so‘mdan 6128 so‘mgacha yoki 2  foizga pasaygan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 215,5 ming so‘mni, AI-91 – 7 628,7 ming so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing