O‘zbekistonda advokatlar soni Qozog‘istondan ikki, Germaniyadan esa o‘n barobar kam – Davletov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda advokatlar soni Qozog‘istondan ikki, Germaniyadan esa o‘n barobar kam. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma’lum qildi.

“Hozirda Respublika bo‘yicha qariyb 4 200 yaqin advokat faoliyat yuritmoqda. Statistikaga nazar soladigan bo‘lsak, har 8 500 nafar fuqaroga bitta advokat to‘g‘ri kelmoqda. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda 3 900 fuqaroga bitta advokat to‘g‘ri keladi. 

Bu shuni anglatadiki, O‘zbekistonda aholi soniga nisbatan advokatlar soni ikki baravarga kam. 

Agar Germaniya bilan solishtirsak, u yerda o‘rtacha 500 nafar fuqaroga 1 advokat to‘g‘ri keladi. Bizga qaraganda 10 baravarga ko‘p”, deydi Adliya vaziri.

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan advokatlarning 60 foizi 50 yoshdan oshgan, 30 yoshgacha bo‘lgan advokatlar soni esa atigi 40 nafarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing