O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM ilk bor 1900 dollardan oshdi

Jamiyat

image

2021 yil yakunlari bo‘yicha YAIM hajmi 734,6 trln so‘mni yoki 69 mlrd dollarni tashkil etdi. Jon boshiga YAIM 21 mln so‘mni yoki 1983 dollardan iborat bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlash kerakki, jon boshiga 1983 dollarlik YAIM mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Nominalda YAIM qariyb 22 foizga o‘sgan, YAIMning real o‘sishi 7,4 foizdan iborat bo‘lgan.

2021 yilda YAIMning 7,4 foizlik o‘sishiga eng katta ulushni Xizmatlar (3,3 foiz) va Sanoat (2,2 foiz) qo‘shgan.

Iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov rasmiy inflyatsiya va YAIM deflyatoridagi tafovutga e’tibor qaratgan. 

“Qiziq tarafi, rasmiy inflyatsiya 9,98%ni tashkil etgan holda YAIM deflyatori 13,6%dan iborat bo‘lgan. 2020 yilda rasmiy inflyatsiya 11,1% tashkil etgan holda YAIM deflyatori 11,6% atrofida bo‘lgan (Inflyatsiya va YAIM deflyatori, qoida tariqasida, ma’lum bir lag bilan bir-biriga yaqinroq darajalarda aks etadi)”, deydi iqtisodchi.

Qayd etilishicha, eng yuqori deflyator indeksi qurilishda kuzatilgan - 14,2% (6-9 oylik farq bilan bu uy-joylar va biznes mulklar narxida aks etadi). Eng past indeks Tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida - 6,5%.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing