O‘zbekistonda 800 ming kishi grippga qarshi emlanadi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda sentyabr oyidan gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu vaksina kimlarga va qachon emlanishini bilish maqsadida QALAMPIR.UZ Sanitariya va epidimiologiya xizmati bosh mutaxassisi Dilorom Tursunova bilan bog‘landi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaksina bilan fuqarolarni emlash sentyabr oyidan boshlanadi.

“Hozirda ushbu vaksinani olib kelish bo‘yicha tenderda yutgan kompaniya import ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Bu vaksina avgust oyining oxiri va sentyabr oyining boshlarida olib kelinadi va noyabr oyigacha aholi emlanadi. Mazkur vaksina bilan emlanadigan bemorlarning ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi. Emlash ishlari to‘liq bepul amalga oshiriladi”, dedi Dilorom Tursunova.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaksina olib kelingandan so‘ng birinchi navbatda:

•  surunkali kasalligi bor bemorlar;

•  60 yoshdan oshgan bemorlar;

•  ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlar;

•  mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;

•  qariyalar uyida yashovchilar bepul tarzda emlanadi.

Vaksina bilan emlangan bemorlarning organizmida gripp virusiga qarshi immunitet paydo bo‘ladi. Ushbu vaksina bilan emlangan organizmda gripp va koronavirus kasalligi yengil darajada o‘tadi. 

Ma’lum qilinishicha, gripp virusiga qarshi vaksina 800 ming dozada olib kelinishi kutilmoqda. Emlanish istagida bo‘lgan fuqarolar esa xususiy klinakalarga murojaaat qilishlari mumkin.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

428

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing