O‘zbekistonda 80 kundan keyin masjidlar ochildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyundan “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi. Jomelarda erta tongdan kelgan namozxonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda bomdod namozini ado etdi. Shu bilan “yashil” hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda fayzli ibodatlar boshlandi.

“Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan jomelarimiz misolida yaqqol his etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “sariq” va “qizil” hududlar “yashil” hududga o‘tgunga qadar bir oz sabr qilamiz, kelgusida u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

O‘zbekistonda 80 kundan so‘ng ilk bomdod namozi masjidlarda, jamoat bo‘lib o‘qildi.

Ma’lumot uchun, karantin sharoitidan kelib chiqib, masjidlarda jamoat bo‘lib namoz o‘qish uchun alohida talablar belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandan so‘ng, mamlakatda masjidlar yopilib, namozni uyda o‘qish tavsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing