O‘zbekistonda 7 nafar sudya koronavirusdan vafot etgan

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov brifingda ma’lum qildi.

Vakolat muddati tugatilgan sudyalarning yetti nafari koronavirusdan vafot etgan. Shuningdek, 3 nafar sudya boshqa ishga o‘tgan, 12 nafar sudya sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgani uchun chetlatilgan (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan). Shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra yana 5 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan.

2021 yilning o‘tgan ikki oyida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llashga ruxsat berilgan, bir nafar sudya vazifasidan ozod qilindi. Shu kunlarda yana uch nafar sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Sudyalar oliy kengashi 2020 yilda 835 nafar nomzodni sudyalikning navbatdagi vakolat muddatiga, muddatsiz davrga va vakolat muddati davriga qayta tayinlash masalalari ko‘rib chiqqan. Shundan 126 nafar nomzod sudyalikning keyingi muddatidagi tayinlashga nomunosib deb topilgan. 72 nafari zaxiraga koldirilgan, 41 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etilgan. 

O‘tgan yili ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun ochiq tanlovda 172 nafar nomzod ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi, 34 nafari zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, qolganlarga ishonch bildirilgan. 

Joriy yilning o‘tgan ikki oyida birinchi besh yil muddatga sudyalik lavozimlari uchun taklif etilgan 30 nafar nomzodning 3 nafari nomunosib deb topilgan bo‘lsa, 7 nafari zaharida qoldirilgan, 20 nafariga ishonch bildirilgan.

Shuningdek, o‘tgan ikki oyi davomida  navbatdagi vakolat muddatiga va boshka sudyalik lavozimlari bo‘yicha qayta tayinlash masalasida 111 nafar nomzod ko‘rib chiqilgan. Shundan bir nafari nomunosib, 5 nafari zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, yana 5 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing