O‘zbekistonda 60 mingga yaqin 1-sinf o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilari emlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jami 58 383 nafar 1-sinf o‘quvchisi va MTT tarbiyalanuvchisi grippga qarshi vaksina oldi, deya xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 4 noyabr holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan emlash punktlarida 43 991 nafar MTT tarbiyalanuvchisi hamda 14 392 nafar 1-sinf o‘quvchisi grippga qarshi emlandi.

“So‘nggi kunlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida gripp hamda o‘tkir respirator xastaliklar bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan olib borilayotgan kuzatuvlarda o‘z aksini topmoqda.

Grippga qarshi eng samarali profilaktik chora deb qaralayotgan emlash tabdirlarini tashkil etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalarga ko‘ra, yurtimizga 2 million doza grippga qarshi vaksina keltirilib, hududlarga yetkazib berildi va  emlash jarayonlari 1 noyabrdan boshlab yuborildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, SSV xabarida ushbu vaksinalar bilan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktablarning 1-sinf o‘quvchilari emlanishi rejalashtirilgani aytib o‘tilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktablarning 1-sinf o‘quvchilari ota-onalaridan emlash jarayonlarida faol ishtirok etib, bolalar o‘rtasida kasallanishning pasayishiga hissa qo‘shishlarini so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga olib kelingan “Grippol plyus” vaksinasi Rossiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, samaradorligi xalqaro darajada e’tirof etilgan. Uning nojo‘ya ta’sirlari va emlashga qarshi ko‘rsatmalar deyarli yo‘q.

Mazkur vaksina grippning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan shtammlariga qarshi ishlaydi.

Bunday vaksinalar dunyoda 50 yildan ortiq vaqt davomida ishlatib kelinadi. Grippga qarshi immunitet emlashdan taxminan 14 kun o‘tgach shakllanadi va mavsum davomida virusdan himoya qiladi.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing