O‘zbekistonda 6 ta klubga transfer taqiqi qo‘yildi
Sport
−
26 dekabr 2024 13303 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) hamda futbolchilar maqomi va o‘tishi qo‘mitasi qarorlari talabiga bepisand munosabatda bo‘lib kelayotgani, o‘z futbolchi va murabbiylari oldidagi qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani, shuningdek, futbol klublari hamda hududiy futbol akademiyalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalarida mavjud shartlarni bajarmay kelayotgani sababli 6 ta klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi.
O‘FA 7 ta klubga mavjud muammoni hal etish uchun muddat bergan va ular orasidan faqatgina “Qizilqum” assotsiatsiya talabini o‘z vaqtida bajargan.
“So‘g‘diyona”, “Navbahor”, “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro”, “Aral” esa transfer taqiqiga duch keldi. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, ular keyingi ikki ro‘yxatdan o‘tkazishning to‘liq davrlarida milliy hamda xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr