O‘zbekistonda 6 maydan masjidlar taroveh va juma namozi uchun ochilishi rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki O‘zbekistondagi jome masjidlarda shu yil 6 maydan e’tiboran taroveh va juma namozlari o‘qilishi haqida audioxabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ushbu xabarlarga nisbatan munosabat bildirdi.  Unda shunday deyiladi:

"Aholi orasida asossiz va yolg‘on xabar tarqatish Islom dini ta’limotlarida qattiq qoralanadi, qonunchilikda esa javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosi va Ramazon oyini o‘tkazish bo‘yicha bayonotida juma namozi o‘rniga uyda peshin namozini, besh mahal va Ramazon oyidagi tarovih namozlarini uyda o‘qish haqida alohida qayd etilgan.

Shunday ekan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga mos ravishda masjidlarda jamoat bo‘lib ibodat qilish boshlanishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy nashrlari tomonidan e’lon qilinadi.

O‘z navbatida mo‘min-musulmonlarni mana shunday ixtilof, fitna va ikkilanishlarga sabab bo‘ladigan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Alloh taolo barchamizga insofu tavfiq berib, to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin!"


Maqola muallifi

Teglar

jome masjidi O'zbekiston Musulmonlari idorasi

Baholaganlar

634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar