O‘zbekistonda 500 taga yaqin eskirgan va ahamiyatini yo‘qotgan hujjat bekor qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farmonga binoan, qonunchilik bazasini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida yana 500 taga yaqin eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlar bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining tashabbusi bilan jami 3 mingga yaqin eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlar bekor qilingan bo‘lib, bu amaldagi huquqiy bazaning qariyb 10 foizini tashkil yetadi.

Qayd etilishicha, qonunchilikni son jihatdan tizimlashtirish endilikda sifat jihatdan yaxshilanmoqda. Haqiqatan ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlardan qonunchilikni “tozalash”dan keyin navbat hujjatlar mazmunini yaxshilashga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing