O‘zbekistonda 425 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 23 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 53 275 (+224) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

- 164 nafari Toshkent shahrida;
- 56 nafari Namangan viloyatida;
- 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 193 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Toshkent viloyatida 85 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, 49 649 (+425) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 182 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing