O‘zbekistonda 318 ta maktab qo‘lbola pechlar orqali isitilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 162 ta maktab va 156 ta maktab filiali qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali isitilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Respublika bo‘yicha mavjud jami 10 008 ta umumta’lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internati quyidagi yoqilg‘i manbalari orqali isitilmoqda:

  • 3310 tasi – tabiiy gaz;
  • 23 tasi – suyuq yoqilg‘i;
  • 6671 tasi – ko‘mir (briket);
  • 4 tasi – elektr toki.

Ularning isitilish turi quyidagicha:

  • 1036 ta maktab – markazlashgan issiqlik tarmog‘i orqali, 
  • 8810 tasi – lokal isitish tarmog‘i orqali;
  • 162 tasi – qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali.

“Jami 1 196 ta maktab filialining 118 tasi – tabiiy gaz, 1 tasi – suyuq pech yoqilg‘isi, 1 062 tasi – ko‘mir (briket) yoqilg‘isi, 15 tasi – elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi”, deydi Laylo Rustamova.

Ta’kidlanishicha, qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. Chunki qo‘lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga, o‘quvchilarga yaqin qilib o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing