O‘zbekistonda 3 ta QFES qurishga 15 ta xorij kompaniyasi da’vogar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini (QFES) qurish bo‘yicha mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (investorlar – ishlab chiqaruvchilar) uchun tenderning birinchi bosqichi (Takliflar so‘rovi – RFQ) boshlanishi haqidagi e’longa javoban xalqaro kompaniyalardan 15 ta arizalar kelib tushdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi.

“Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va oshkoralik talablariga mos keladi. Tenderda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasiga bepul kirish uchun ochiq kirishda malaka so‘rovi taqdim etildi.

Tender komissiyasi tender ishtirokchilaridan takliflarni olgandan so‘ng, qabul qilingan takliflarning to‘liqligi va izchilligini baholash uchun yuboriladi, shundan so‘ng malakali ishtirokchilarning “qisqa ro‘yxati” e’lon qilinadi, ular keyinchalik tenderning ikkinchi bosqichiga (Takliflar so‘rovi – RFQ) qo‘yiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing