O‘zbekistonda 3 oyda bankomatlardan salkam 6 trln so‘m naqdlashtirib olindi

Jamiyat

image

Joriy yil boshidan buyon ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 milliondan oshgan. Ularda yechilgan mablag‘ miqdori esa 5 trln 939 327 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining (YAUPM) ”Xalq so‘zi”ga taqdim etgan 2019 yilning I choragi bo‘yicha statistik hisobotlarida qayd qilingan.

Qayd qilinishicha, joriy yilning I choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 mln. ni tashkil etib, 2018 yilning o‘tgan IV choragida belgilangan 72,1 mln.lik holatiga nisbatan 1,69 mln. so‘m farq bilan 2,3% lik o‘sishni qayd etdi. 

2019 yilning I choragida elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 mlrd 516 316 mln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning IV chorakida qayd etilgan 2 mlrd 017 000 mln. so‘mga nisbatan 499,3 mlrd. so‘m farq bilan 24,8% lik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning I choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 131,9 mln. tani, miqdorda esa 15 166 740 mln. so‘mni tashkil etdi.

YAUPM ning statistik ma’lumotlariga tayangan holda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni joriy yilning I choragida 1 052 816 ta plastik kartani tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning IV choragida qayd etilgan 1 038 336 ta plastik kartalar soniga nisbatan 1,4%. lik o‘sishni namoyon etdi.

Mamlakatda faoliyat olib borayotgan banklar o‘rtasida plastik kartalar emissiyasi bo‘yicha yetakchi uchlik aniqlandi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Xalq banki” (188 424 ta plastik karta), ikkinchi o‘rinni “Agrobank” (183 863 ta plastik karta) hamda uchinchi o‘rinni “Ipoteka Bank” (133 855 ta plastik karta) egalladi.

Bugungi kunga kelib, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulangan Uzcard plastik kartalar soni 9 611 430 donani tashkil etdi. Ta’kidlab o‘tish joizki, YAUPM mamlakatimizda o‘z faoliyatini olib borayotgan 29 ta bank hamda 40 dan ortiq to‘lov tizimlariga protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 maydan boshlab O‘zbekistonda boshqa bir to‘lov tizimi Banklararo milliy protsessing markazi (HUMO) plastik kartochkalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

ATM

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar