O‘zbekistonda 249 bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi. Bugun, 8 iyul kuni yana 249 bemor koronavirusdan sog‘aydi. 

Shu soatlarda poytaxtdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 2 nafar, 1-son Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar,  jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Avval xabar berganimizdek, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 77 nafar bemor sog‘aygandi. 

Shu tariqa shifokorlarning fidoyiligi sabab bugun 249 nafar inson koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 3 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, 217 nafar bemor tuzalgandi. 

Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7060 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing