O‘zbekistonda 2022 yildan maxsus pensiya kartasi joriy etilishi mumkin

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda pensiyalarni tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini elektron shaklga o‘tkazishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Shu sababli qaror loyihasida 2022 yil 1 apreldan boshlab pensiyalarni hisoblash fuqarolarning “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda – YAMMT IDAK)ga kiritilgan mehnat staji, oliy o‘quv yurtlaridagi kunduzgi ta’lim va harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlari asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.

Hujjat bilan fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, jumladan pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport yoki identifikatsiya ID kartasi bilan murojaat qilish kifoya bo‘ladigan tizimni joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

2022 yil 1 yanvardan boshlab:

•    Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi;

•    pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ixtiyorida qoldiriladi;

•    pensiya va nafaqa oluvchilarga O‘zbekiston hududida shaxsini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari qayd etilgan, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan bank kartasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi.

Qarorga muvofiq quyidagilarga erishish rejalashtirilgan:

•    Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har uch yilda o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi;

•    pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ihtiyorida qoldiriladi;

•    pensiya va nafaqa oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari qayd etilgan, elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega bo‘lgan bank kartasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi;

•    Davlat pensiya ta’minoti borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqiladi;

•    Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadning yigirma foizi Pensiya jamg‘armasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi

•    har bir hududda bittadan Pensiya jamg‘armasining mavjud binolari negizida “Namunali Pensiya jamg‘armasi bo‘limi” tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing