O‘zbekistonda 2021 yilda qancha oila buzilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022
4835O‘zbekistonda 2021 yil 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, 2021 yilda eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahrida (5,6 mingta) va Farg‘ona viloyatida (4,3 mingta) qayd etilgan.
Qayd etilishicha, har 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (2,0 promille) va Sirdaryo viloyatida (1,6 promille) kuzatilgan.
2021 yilda hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:
• Qoraqalpog‘iston – 1442 ta
• Andijon viloyati – 3931 ta;
• Buxoro viloyati – 2080 ta;
• Jizzax viloyati – 1279 ta;
• Qashqadaryo viloyati – 2867 ta;
• Navoiy viloyati – 1224 ta;
• Namangan viloyati – 3153 ta;
• Samarqand viloyati – 4149 ta;
• Surxondaryo viloyati – 2264 ta;
• Sirdaryo viloyati – 1411 ta;
• Toshkent viloyati – 4067 ta;
• Farg‘ona viloyati – 4285 ta;
• Xorazm viloyati – 1504 ta;
• Toshkent shahri – 5571 ta.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yil 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
LiveBarchasi