O‘zbekistonda 2020 yil qidiruvga berilganlarning 75 foizi ushlanmagani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Unda senatorlar tomonidan, prokuratura organlarining amalga oshirgan ijobiy ishlari bilan bir qatorda faoliyatning ayrim yo‘nalishlarida nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Senat Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf etish bo‘yicha kamchiliklarga barham berilmagan.

“Mamlakatimizda reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklar oqibatida o‘tgan yilga nisbatan go‘daklar o‘limi 428 taga (6 432-6 860), onalar o‘limi 10 taga (145-155) oshgan”, deyiladi xabarda.

Og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklar mavjud.

Qayd etilishicha, bu holatlar ushbu yo‘nalishda nazoratni yanada kuchaytirishni, aniqlangan har bir qonun buzilishi holatiga nisbatan qat’iy va ta’sirchan choralar ko‘rishni taqozo etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing