O‘zbekistonda 200 000 so‘mlik banknota chiqarish rejalashtirilmoqda
Jamiyat
−
20 yanvar 2022
10325O‘zbekistonda 200 000 so‘mlik banknotilar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Pul-kredit muomalasini tashkil qilishda ma’lum bir qonuniyatlar bor. Bu qonuniyatlarga ko‘ra, mamlakatda shakllangan o‘rtacha ish haqidan kelib chiqib, banklarning banknoti strukturasi belgilanadi. Kelgusida 200 000 so‘mlik banknotani chiqarishni ham rejalashtirganmiz. Shu bilan birgalikda muomaladagi naqd pulni optimallashtirish jarayonini amalga oshirmoqdamiz”, dedi Markaziy bank raisi.
Mamarizo Nurmurotovning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda dastlab 50 000 so‘mlik banknota chiqarilgan muomaladagi naqd pullar jon boshiga 489 taga to‘g‘ri kelgan. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 2 baravardan ko‘proq kamaygan va 200 dan ortiqroqni tashkil qilyapti.
"Maqsadimi, banknotalarni tarkibini o‘zgartirib borib, naqd pulni odamlar uchun qulay to‘lov vositasiga aylantirish. 2024 yilga borib, 200 000 so‘mlik banknota chiqarish rejalashtirilgan", deydi Nurmurotov.
U shuningdek, 1 000 so‘mlik tanga ham chiqarilishi rejada borligini ochiqladi.
LiveBarchasi