O‘zbekistonda 2-3 fevral kunlari magnit bo‘roni kuzatiladi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonning shimoliy hududlarida davomli 4 ballik magnit bo‘roni kuzatilyapti. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ertaga, 3 fevral erta tong Toshkentda G3 darajaga ega 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatiladi. Buni ob-havo o‘zgarishlariga ta’sirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi.

3 fevral kechasi va 4 fevral kuni magnit bo‘roni o‘zining passivroq holatiga qaytadi.

Magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

736

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing