O‘zbekistonda 2 071 nafar ayol uyidan haydab yuborilgan – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Hozirga qadar xotin-qizlar muammolarini hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 3 trillion, imtiyozli bank kreditlaridan esa 7 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda kecha, 26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish va oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada aytib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq holatlari bo‘yicha jabrlangan  29 541 nafar xotin-qizlarning barchasiga “himoya orderi” rasmiylashtirilgan, zo‘ravonlarning 62 347 nafariga cheklovlar o‘rnatilib, profilaktika inspektorlari tomonidan nazoratga olingan. O‘z navbatida, himoya orderida belgilangan cheklovlarga rioya etmagan 1 003 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-1-moddasi, 674 nafari esa boshqa moddalar asosida jazoga tortilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida sudlar tomonidan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq 2 012 ta jinoyat ishlari ko‘rilib, 1 629 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmlari chiqarilgan. Ushbu toifadagi jinoyatlarni sodir etganlarning 80 foizi hech qayerda  ishlamaydigan shaxslar bo‘lsa, 19 foizini ayollar tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, ayollarni uydan chiqarib haydash orqali tazyiq o‘tkazish holatlari bo‘yicha 2 071 ta da’vo ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shulardan 1 582 tasi yoki 76 foizning da’vosi qanoatlantirilib, tarafni uyga kiritish haqida sud qarorlari qabul qilingan.

Shuningdek, aliment undirishga doir 6 585 ta ishlarning 5 275 tasi yoki 80 foizi bo‘yicha ariza talablari qanoatlantirilgan. Bundan tashqari, 8 457 nafar xotin-qizlar murojaatlari bevosita prokuratura organlarida ko‘rib chiqilib, 2 569 tasi qanoatlantirilgan, 1 877 nafarining buzilgan huquqlari tiklangan.

Mazkur o‘rganishlar natijasida qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 114 ta protest, 101 ta taqdimnoma, 96 ta ogohlantiruv tarzidagi prokuror nazorati xujjatlari qo‘llanib, 22,9 million so‘m zararlar undirilgan, 92 nafar mansabdor shaxs intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ayolga zo'ravonlik

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar