O‘zbekistonda 142 kishi suvda cho‘kib o‘ldi. Ularning yarmi bolalar
3-sahifa
−
06 Sentabr 2022
95192022 yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistonda 142 kishi suvda cho‘kib, halok bo‘lgan. Ularning deyarli yarmi bolalardir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, mamlakatda aholining suvda cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, 2022 yilning bugungi kun holatiga hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Suvda-qutqaruv guruhlari tomonidan jami 142 nafar fuqarolarning cho‘kishlari bilan bog‘liq baxtsiz holatlarga chiqishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bulardan 51 nafari cho‘milish oqibatida, 85 nafari ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan. Eng achinarlisi ushbu cho‘kkanlarning 45,3%i voyaga yetmaganlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Yuqoridagi raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak cho‘kib ketganlarning 51 nafari cho‘milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho‘milish uchun sharoitlari bo‘lmagan, xavfli suv havzalarida cho‘milganliklari oqibatidir”, deydi Samandar Hikmatullayev.
Uning ma’lum qilishicha, 85 nafar fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvda cho‘kib, xalok bo‘lgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra ular daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqava suv quvirlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishlari hamda suv xavzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganliklari sababli cho‘kishgan.
“Cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati 30-38° darajadan kam bo‘lmagan sharoitda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste’mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish taqiqlanadi.
Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, ko‘prik, damba va daraxtlardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish mumkin emas”, deydi mutaxassis.
LiveBarchasi