O‘zbekistonda 1100 dan ortiq odamda koronavirus va pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 19 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 120631 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 658 kishida koronavirus va 465 kishida pnevmoniya aniqlandi. 4 nafar bemor esa vafot etdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 17 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 67 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 38 nafari Namangan viloyatida,
  • 63 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 62 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 54 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 18 nafari Xorazm viloyatida,
  • 65 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar,
  • Andijon viloyatida 57 nafar,
  • Buxoro viloyatida 43 nafar,
  • Jizzax viloyatida 50 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 29 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 94 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 71 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 50 nafar,
  • Xorazm viloyatida 34 nafar,
  • Toshkent viloyatida 53 nafar,
  • Toshkent shahrida 86 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 115514 (+649) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 805 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing