O‘zbekistonda havo darajasi qachon pasayishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
23 iyul 2019
21578O‘zbekistonda anomal jazirama issiqdan so‘ng va nihoyat havo darajasi pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) xabar bermoqda.
Ya’ni yaqin kunlarda harorat kunduz kuni 32 daraja issiq, kechasi esa +18 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz kechadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda bulutli ob-havo kuzatilib, yog‘ingarchilik sodir bo‘lmaydi, havo harorati +36 darajaga ko‘tarilishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, plyus 37 daraja issiq bo‘ladi. G‘arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil etadi va 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +40 daraja ko‘tarilishi mumkin. 26-28 iyul kunlari kechasi 20, 25 daraja, kunduzi 33 yoki 38 daraja issiq kuzatiladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +36 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida 27 daraja issiq bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda anomal jazirama ikki haftadan buyon davom etmoqda va hatto yangi rekordlarni o‘rnatdi. Avvalroq iyul oyi O‘zbekiston tarixida meteokuzatuvlar bo‘yicha eng issiq oy bo‘lishi haqida aytilgan edi.
LiveBarchasi