O‘zbekistonda havo birdan isishi kutilyapti
Bu qiziq
−
12 dekabr 2022 80377 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy haftada havo birdan isishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzi havo 0-3 daraja iliqgacha isiydi, faqat ba’zi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi.
Ertangi kundan boshlab antitsiklon ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan o‘rn almashadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib kechalari sovuq 0 darajagacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo 7-10 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 14 daraja iliqgacha isiydi. Bu haroratning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
12-14 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr