O‘zbekistonda havo -3 darajagacha sovib ketadi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 3-5 noyabrda O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozoqiston orqali Ural rayonlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

3 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan esganda sekundiga 25-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

4-5 noyabrda respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0...+5 darajagacha tushib ketadi, ayrim joylarda esa -1...+ 2 daraja bilan ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzi harorat +8...+13 daraja bo‘ladi. Mamlakat shimolida esa harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing