O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 25-27 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

26-27 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

Xorazm viloyatida, 26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentyabrda shimolda, 27 sentyabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari +10...+13 gacha, kunduz kunlari +22...+25 gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing