O‘zbekistonda harorat -3 darajagacha tushishi kutilyapti

Bu qiziq

image

Joriy yilning 9-11 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Havo harorati 10-12 darajaga pasayishi kutilmoqda.

9-11 oktyabrda kunduz kunlari harorat 10-13 daraja iliqni, 10-11 oktyabrda kechalari 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10 oktyabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

9-10 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

9-10 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

751

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made