O‘zbekistonda harorat -2 darajagacha pasayadi
Bu qiziq
−
20 Oktabr 2021
4282521-22 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
Havo harorati +10...+13 darajaga, 21 oktyabrda kunduz kuni +8...+13 darajaga, 22 oktyabrda kechasi -2...+3 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
LiveBarchasi