O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi yomg‘irli o‘tishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Respublikada haftaning birinchi yarmi yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ertaga, 31 yanvar kuni respublika hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika bo‘yicha hafta davomida beqaror ob-havo kuzatiladi.

1 fevraldan 3 fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir bo‘ladi. Shuningdek, 1-2 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), kuchli bo‘ladi.

“31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Havo harorati hafta davomida me’yorida bo‘ladi va kechalari 1daraja sovuq -4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda ertaga, 31 yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Shu bilan birga, Toshkentda 1-2 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir iliq havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made