O‘zbekistonda hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?
Bu qiziq
−
27 mart 2022
23462Gidrometeoreologiya xizmati markazi ertaga, 28 mart kuni kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi +1...+3 daraja, kunduzi +14...+16 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
kechasi +2..+7 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lad
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3..+8 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi