O‘zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi

Bu qiziq

image

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Ushbu havo massasi natijasida faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 aprel kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10 daraja, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqni tashkil etadi.

14 aprel kuni respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Hafta ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9-14 daraja iliq, kunduz kuni 22-27 daraja issiq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

693

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing