O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda 40-42 darajagachani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

13-15 iyulda Respublikaning ayrim hududlarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha mahalliy kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1777

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing