O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda hafta davomida kam bulutli va ushbu davr uchun me’yoridan biroz yuqori bo‘lgan ob-havo kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Bugun, 9 agust kuni va haftaning katta qismida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Havo harorati ushbu davr me’yoridan biroz yuqori bo‘lgan: kechalari 18-23°, kunduz kunlari 33-38° kuzatiladi.

Payshanba va juma kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35° gacha pasayadi va iqlimiy me’yorga yaqinlashadi.    
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

834

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing