O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati 8 darajagacha soviydi

Jamiyat

image

O‘zgidromet 2-6 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ushbu kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida 5 dekabrda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida 2-6 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq – 1 daraja iliq, kunduz kunlari 6-9 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing