O‘zbekistonda hafta davomida harorat 37 darajagacha ko‘tariladi
3-sahifa
−
23 may 2022
7823O‘zbekistonda joriy haftada iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun, 23 may kuni respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
24-26 may kunlari davrida O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib 32-37 darajaga yetadi.
27 mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.
25 mayda shimolda, 26-28 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi