O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga yangi rais saylandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Huquqshunos-jurnalist Olimjon O‘sarov O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi etib saylandi. Bu haqda uyushmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 4 may kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari V konferensiyasida “Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Shuxrat Jabborov “Nuroniy” gazetasi bosh muharriri Olimjon O‘sarovning nomzodini ilgari surgan.

Konferensiyada huquqshunos-jurnalist Olimjon O‘sarovning nomzodi uyushma raisi lavozimiga bir ovozdan ma’qullangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi uyushma sobiq boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli jurnalist va shoir Sa’dulla Hakimov 2020 1il 11 oktyabr kuni 69 yoshida koronavirusdan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing